Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Murojaat o‘z isbotini topdi

Murojaat o‘z isbotini topdi

Shu yilning 7-aprelida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)ning rasmiy saytida “Chiqindilar makon topgan qir tepalik” sarlavhali fotoreportaj orqali Buxoro tumanida Bog‘idasht, Diyosiyo, Toytepa, Shayxlar, Asaka, Pat-put qishlog‘larini birlashtirgan Qir tepaligidagi mudhish manzara e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qir tepalikda yuzaga kelgan chiqindixonani bartaraf etish yuzasidan amalga oshirgan ishlari bo‘yicha O‘zAga ma’lum qildi.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni nazorat qilish inspeksiyasi joyida borib o‘rganish natijasida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar o‘z isbotini topdi.
Haqiqatdan qir tepaligining ayanchli manzarasi har qanday kishining ko‘nglini xira qiladi. Hudud maishiy va qurilish chiqindilari bilan qoplangan. Tepalikning quyi qismida yashovchi aholi “chiqindili shamol”dan, pashsha va chivinlarning zararli ta’siridan ancha paytgacha aziyat chekib kelgan.
Buxoro viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, Buxoro tumanidagi sobiq O.Ubaydov jamoa xo‘jaligi hududida joylashgan Buxoro shahar markaziy chiqindixonasi o‘z muddatini o‘tab bo‘lganligi sababli Buxoro shahar hokimining 2013-yil 13-dekabrdagi qarori bilan eski markaziy chiqindixona to‘liq yopilgan. Hokimning 2014-yil 21-fevraldagi qarori bilan Buxoro tuman “Bog‘idasht” MFY hududidan 10 ga. yer ajratilib obodonlashtirish boshqarmasiga berilgan va shu yerga ma’lum vaqt obodonlashtirish boshqarmasi “Maxsusavtoxo‘jalik” MCHJ bilan birgalikda shahar chiqindilarini olib borib joylashtirgan.
Ushbu chiqindixona o‘z faoliyati davrida ekologiya-sanitariya talablariga javob bermaganligi, 2014-yilning 16-iyundagi 18/641-sonli ekologik ekspertizasida berilgan talablar va tavsiyalar bajarilmaganligi tufayli “Bog‘idasht” MFY hududida istiqomat qiluvchi aholisining noroziligiga sabab bo‘lgan va faoliyatini to‘xtatgan.
Biroq, joylashtirilgan maishiy chiqindilarni ko‘mish va rekultivatsiya ishlari bajarilmaganligi sababli mavjud chiqindilar shamol ta’sirida atrof muhitga, ekin yerlariga tarqalib, favqulodda epidemologik holatlar kelib chiqish xavfini oshirgan.
Inspeksiya tomonidan noxush holatni bartaraf qilish yuzasidan tezkor tadbir olib borildi. Obodonlashtirish boshqarmasi hamda “Maxsusavtoxo‘jalik” MCHJga xatlar orqali murojaat qilindi.
2018-yilning 11-12-aprel kunlari maxsus texnikalar jalb qilinib, ochiq holda qolgan chiqindilar usti ko‘milib, rekultivatsiya ishlari bajarildi. Undan tashqari atrofga sochilgan salafan (polimer) paketlarni qo‘l yordamida yig‘ishtirib olish ishlariga shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmasining 15 nafar ishchisi hamda 8 nafar ko‘ngilli mahaliy aholi jalb qilindi.
Ayni paytda atrofga yoyilgan salafan (polimer) paketlarni yig‘ishtirish ishlari davom ettirilmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi boshchiligida aholiga tushuntirish ishlari olib borilib, bu ishlarga mahalladan ko‘ngillilarni jalb qilish kerakliligi aytib o‘tildi.
Bu boradagi sa’y-harakatlar viloyat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olinib, qilingan ishlar bo‘yicha fotosuratlarni ilova qilgan holda kunlik qo‘shimcha ma’lumot berib kelinmoqda.
 
Farhod Esonov, O‘zA 

 


2018-04-16

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika