Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 22-aprel – Xalqaro yerni muhofaza qilish kuni

22-aprel – Xalqaro yerni muhofaza qilish kuni

Yer insoniyatning, qolaversa, butun mavjudotning rizqu nasibasini beradigan birdan-bir manba. Yerni himoyalash esa insoniyatning kelajagini belgilashga qaratilgan tadbirlardan biridir. Negaki, bugun farovon hayotni ta’minlayotgan ona zamin kelajak avlodni ham boqishi kerak.

Shuning uchun BMT rezolyusiyasiga ko‘ra, 1971-yildan buyon har yili 22-aprel – Xalqaro yerni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Ushbu sana munosabati bilan sayyoramizning turli mintaqalarida tadbirlar, ekologik ko‘rgazma va festivallar o‘tkaziladi, obodonlashtirish, ko‘chatlar o‘tkazish kabi xayrli ishlar amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda ham yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga katta e’tibor berilmoqda. Bu yo‘nalish bo‘yicha so’nggi yillarda mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, "Yer osti boyliklari to‘g‘risida", "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunlari shular jumlasidandir.

 


2018-04-13

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika