Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Namanganda “Toza havo” oyligi doirasida 13000 ta avtotransport vositasi ko‘rikdan o‘tkaziladi

Namanganda “Toza havo” oyligi doirasida 13000 ta avtotransport vositasi ko‘rikdan o‘tkaziladi

2017-yilda Namanganda o‘tkazilgan “Toza havo” oyligi tadbirlari doirasida 13000 avtotransport vositasi ko‘rikdan o‘tkazilib, qariyib 676 ta avtomobillardan is gazi va tutun qalinligi belgilangan me’yordan ortiqligi aniqlangandi.

Joriy yilda ham “Toza havo” oyligining birinchi va ikkinchi bosqichida viloyatda 13000 dona avtoulovni tekshiruvlardan o‘tkazish rejalashtirilgan. Buning uchun mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar bilan ifloslanishni kamaytirish, bunda davlat nazoratini kuchaytirish hamda avtomobillarga yoqilg‘i quyish, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, yo‘llarda atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishi ta’minlash maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Toza havo” oyligi muhim ahamiyatga ega. Shu bois har yili ikki bosqichli oylik doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari bilan bir qatorda avtotrasport vositalaridan atmosfera havosiga chiqayotgan is gazi va tutun miqdori o‘lchanadi.

Viloyat hokimi farmoyishiga asosan oylikning birinchi bosqichi 10-apreldan 10-maygacha o‘tkazilishi belgilandi. Tasdiqlangan chora-tadbirlarga muvofiq ishchi guruh tomonidan Pop va Norin tumanlaridagi “Namangan” va “Cho‘ja” muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari hamda markaziy ko‘chalarda ham ko‘riklar o‘tkazish rejalashtirilgan.


2018-04-12

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika