Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 15-aprel Ekologik bilimlar kuni

15-aprel Ekologik bilimlar kuni

Har yili dunyoning ko’plab mamlakatlarida Ekologik bilimlar kuni nishonlanadi. Bu kun 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida o’tkazilgan BMT konferensiyasida atrof-muhit muammolari  muhokama qilinganida, insoniyatning hayoti va  barqarorligi  uchun  butun dunyo aholisi o’rtasida ekologik  tarbiya  katta ahamiyatga egaligi ta'kidlandi. Bu bayramning asosiy maqsadi - ekologik bilimlarni targ'ib qilish, aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish,  jamiyatni ekologik havfsizligi haqida  ma'lumot berish hamda har bir fuqaronihg ekologik fikr yuritishda tarbiyalash va tayyorlash. Bu masalanihg muhimliligi hech kimni shubhalantirmaydi va qator mamlakatlarda tarbiya va ta'limning asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi. Atrof-muhitni asrash, aholinihg ekologik madaniyatini shakllantirish yo’lidagi faoliyatlar - insoniyat kelajagi garovidir. "Ekologiya” termini (yunonchadan «oikos»-uy, «logos»-fan ) ilk bor 1866-yilda olmon biologi Ernstom Gekkelem tomonidan kiritildi. Bugungi kunda ekologiya - organizmlarni o’zaro va atrof-muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadigan fan. Insoniyatni kun sayin o’sib borayotgan ehtiyojlari  va sayyoramizda kamayib ketayotgan  imkoniyatlari o’rtasidagi muvozanatni ushlab turish, tabiatni muhofaza qilish uchun har birimiz ekologik bilimlarga ega bo’lmog’imiz zarur. Ekologik ta'lim va bilim, tabiat muhofazasidagi muammolarning yechimi usuli sifatida xalqaro tan olindi. Bizning davlatimizda ham ekologik tarbiya va ta'lim umum ta'lim muassasalarining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi, Sayyoramiz kelajagi o’sib kelayotgan avlodning ekologik madaniyatiga bog’liq. Global ekologik muammolarni davlatlararo va dunyo miqyosida  birgalikda yechish mumkin, ammo yashab turgan joyining ekologiyasini yaxshilash har bir inson vazifasidir. Ushbu kunda umumta'lim muassasalarda davlat idoralari, ommaviy axborot vositalari hamkorligida turli tadbirlar o’tkaziladi. Ekologik madaniyatni  odamlar ongiga singdirish - kelajak avlodnihg sog’ligini saqlash garovidir.


2018-04-02

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika