Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 1-aprel – Xalqaro qushlar kuni

1-aprel – Xalqaro qushlar kuni

Xalqaro qushlar kuni har yili 1-aprelda nishonlanadi. Bayram tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ko‘pgina manbalarda Qushlar kuni 1906-yildan – Qushlarni muhofaza qilish Xalqaro Konvensiyasi imzolangan vaqtdan boshlab nishonlanishi yozilgan. Lekin 1906-yilda bunday konvensiya qabul qilinmagan. Aslida, 1902-yilda Qishloq xo‘jaligiga foyda keltiruvchi qushlarni muhofaza qilish Xalqaro konvensiyasi qabul qilinib, u 1905-yilda kuchga kirgan. Ushbu hujjatning qabul qilinishi Qushlar kunini nishonlashga asos bo‘ldi. Qushlar kuni qadimdan qushlarning qishlash joylaridan qaytib kelishiga bag‘ishlangan bolalar bayrami hisoblangan. U ilk marta Konvensiya qabul qilinishidan oldin 1894 yilda maktab o‘qituvchisi Charlz Babkok tashabbusi bilan AQSHdagi Oil-Siti shaharchasida (Pensilvaniya shtati) nishonlangan. Matbuot va jamoatchilik ko‘magida bu bayram tez orada butun mamlakat bo‘ylab ommalasha boshlagan.

Bayramning asosiy maqsadi – yovvoyi qush turlarining xilma-xilligi va sonini saqlash, ularga nisbatan yoshlarda mehr va g‘amxo‘rlik hissini tarbiyalashdir.

Yer yuzida 9600 ga yaqin qush turi mavjud. O‘zbekiston hududida 460 dan ortiq tur uchraydi. Hozirgi vaqtda qushlarning ko‘plab turlari yo‘qolib ketish arafasida turibdi.

Qushlar populyasiyasini saqlab qolishda ularga in yasash, inlarni qulay joylarga o‘rnatish eng xavfsiz usuldir. Chug‘urchiq va chittak uyalarida, asosan, turli zararli hasharot va ularning lichinkalari bilan oziqlanuvchi hasharotxo‘r qushlar uyalaydi. Bu qushlar bog‘ va o‘rmon daraxtlarining zararkunandalariga qarshi kurashda katta foyda keltiradi. Qush inlarining ellikdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ular tuzilishi va joylashishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi.

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ma’lumotlariga ko‘ra, havoda zaharli gazlar miqdori ko‘payishi natijasida qushlarga qiron kelmoqda. Keyingi 30 yil ichida Yevropada qushlarning yuzdan ziyod turi yo‘qolib ketgan. Shimoliy Amerikada esa so‘nggi 40 yilda qushlar ikki baravarga kamaygan. Vaziyatdan xulosa chiqargan holda mutaxassislar jahon jamoatchiligini havoga zaharli gazlar chiqarilishini kamaytirishga chaqirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi 1995-yilda “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi, 1997-yilda “Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risida”gi, 1998-yilda “Ko‘chib yuruvchi hayvonlar turlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 2001-yilda “Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa, suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari bo‘lgan suv-botqoq hududlari to‘g‘risida”gi Konvensiyalarga qo‘shildi. YUrtimizda bu ekologik sana 2011-yildan boshlab Qushlarni muhofaza qilish jamiyati tashabbusi bilan nishonlana boshlandi. Jamiyat sa’y-harakati bilan qushlarning bir qancha turlari muhofaza ostiga olingan bo‘lib, mazkur ekologik sanaga bag‘ishlab muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

G. Mengziyayeva


2018-03-30

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika