Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 21 mart – Xalqaro o‘rmonlar kuni

21 mart – Xalqaro o‘rmonlar kuni

Mana, bir necha yildirki, 21-mart – Xalqaro o‘rmonlar kuni sifatida nishonlanadi. Kurrayi zaminda yashovchi barcha insonlarga sayyoramiz ekologiyasining qalqoni bo‘lgan o‘rmonlarning ahamiyatini eslatib turish, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish zaruratini anglatish maqsadida 1971-yilda Yevropa qishloq xo‘jaligi konfederatsiyasi mazkur sanani ta’sis etish tashabbusi bilan chiqdi. BMTning Bosh assambleyasi esa bu g‘oyani ma’qullagan holda 2012-yildan unga rasmiy maqom berdi. Shundan buyon BMT rahnamoligida har yili 20 yoki 21-mart – Xalqaro o‘rmonlarni himoya qilish kuni (International Day of Forests) sifatida nishonlanadi. Ushbu ekologik sanani nishonlashdan maqsad insoniyatni o‘rmonlarni muhofaza qilish qay darajada zarurligi to‘g‘risida xabardor qilishdan iborat. Mazkur bayramni nishonlash Janubiy yarimshar aholisi uchun kuzgi, Shimoliy yarimshar aholisi uchun esa bahorgi tengkunlik sanasiga, ya’ni,
21-martga to‘g‘ri keladi. O‘rmon Antarktidadan tashqari hamma qit’alarda mavjud. Yer sharidagi quruqlikning 38 million kvadrat kilometr (uchdan bir qismi) hududini o‘rmonlar tashkil  etadi. Tabiatning “yashil qo‘rg‘oni” hisoblanmish o‘rmonlar maydoni kun sayin kamayib bormoqda. O‘rmonlar muhofazasi, uning boyliklarini asrash global ekologik muammolar qatoridan o‘rin olganiga ancha bo‘ldi. Shunga qaramay, insoniyat o‘z ehtiyojlari yo‘lida o‘rmonlarni ayovsiz kesishda davom etmoqda. Ko‘plab o‘rmonlar butunlay yo‘qolish arafasida turibdi. O‘rmonlarning barham topishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni asrab-avaylash insoniyat burchi ekanligini unutmasligimiz darkor.

 


2018-03-12

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika