Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Tashabbuskor tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Tashabbuskor tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yig‘ilish tashkil etildi.

Unda “O‘zmilliybank” mas’ul xodimlari, Respublikaning 9 ta shaharlarida (Buxoro, Guliston, Jizzax, Navoiy, Nukus, Termiz, Urganch, Qarshi, Angren) maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish sohasida faoliyat yurituvchi tashabbuskor korxonalar rahbarlari, innovatsion texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning mas’ullari, xorijiy ekspertlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, joriy yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tahlil etish, eng dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilishda bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Xususan, unda joriy yilda mamlakatimizning 9 ta shahrida chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash klasterlarini ishga tushirish borasida so‘z ketgan.

Hozirgi kunga qadar tizimda 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonasi va ularning 174 ta tuman (shahar) filiali tashkil etilgan. Ushbu unitar korxonalar balansiga 1 ming 300 ta maxsus texnika, 1 mingta chiqindi to‘plash maydonchasi, 5 ming 800 ta konteyner va 172 ta poligon o‘tkazilgan.

Biroq, bu sohada hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar va qilinadigan ishlar ko‘p. Masalan, yurtimizda 53 foiz aholiga sanitar-tozalash xizmati ko‘rsatiladi, xolos. Shundan atigi 15 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi. Deyarli barcha qishloqlarda maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash va tashish umuman yo‘lga qo‘yilmagan.

Yig‘ilishda yaqinda Buxoroda tashkil etilgan klaster faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tildi. Biroq, ta’kidlandiki, bu sohada hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar va qilinadigan ishlar juda ko‘p. Masalan, yurtimizda 53 foiz aholiga sanitar-tozalash xizmati ko‘rsatiladi, xolos. Shundan atigi 15 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tadbirda xususiy sektor korxonalariga hududlarni biriktirib berish, ularning faoliyatini nazorat qilish mexanizmlarini joriy qilish, maslahat yordami ko‘rsatishni davom ettirish, sanitariya talablari bajarilishini ta’minlash haqida so‘z bordi. Shuningdek, klasterlarda o‘rnatilgan chiqindilarni saralash va qayta ishlash uskunalariga xizmat ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqaruvchi korxonalarning servis markazini ochish, xususan, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish tizimini tashkil etishga ham alohida urg‘u berildi. Albatta, bunda Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Gollandiya, Shvetsiya kabi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va keng joriy etish zarur.

Shuningdek, yig‘ilish davomida maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil etish borasida bir qator kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil qilindi, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.


2018-02-24

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika