Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosarining 2017-yilgi hisoboti

Qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosarining 2017-yilgi hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi
“2017
2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2916-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolarva kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida Qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosarining

HISOBOTI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi
“2017–2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2916-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ekologiya va sanitariya muhitini yanada yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlash, shahar va qishloqlarimizning yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qiluvchi kompleks tadbirlar belgilandi va ular bugungi kunda muttasil amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan:

1.  Sanitar tozalash sohasida infratuzilmani tashkil etish bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va viloyatlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va ularning 172 ta tuman (shahar) filiallari tashkil etib, 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tuman (shahar) hokimiyatlari qoshidagi obodonlashtirish boshqarmalarining beg‘araz beriladigan mol-mulki xatlovdan o‘tkazilib, 1 332 ta maxsus texnikalar, 4 337 ta chiqindi to‘plash maydonchasi, 7 122 ta konteyner, 174 ta poligon o‘rnatilgan tartibda "Toza hudud" DUKlar balansiga qabul qilindi.

2Jismoniy va yuridik shaxslarni sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olish bo‘yicha

Xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yangi yo‘nalish va harakat jadvallari, yangi tariflar ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Bugungi kunda, 13,7 mln. aholiga (2016 yilda 1,3 mln. kishi) sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatilib, ushbu ko‘rsatkich aholining 52,3% ni tashkil etmoqda (2016 yilda 5%).

Joriy yilning iyul-sentyabr oylarida olingan daromad 9,6 mlrd.so‘mni tashkil etib, bir oylik o‘rtacha daromad ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga ortgan (2016-yilda o‘rtacha bir oylik 1,68 mlrd.so‘m).

Sanitariya jixatidan tozalash tashkilotlarining biznes-rejalari ishlab chiqilib, yil yakuniga qadar bir oylik o‘rtacha tushum miqdorini 15 mlrd. so‘mgacha yetkazish rejasi belgilangan.

3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi hisobidan qiymati 715 mln.so‘mlik
216 ta kompyuter texnikalari xarid qilindi.

Abonentlarning elektron bazasini shakllantirish, to‘lovlarni qabul qilish va hisobini yuritishning elektron “Billing” tizimini hamda chiqindi tashish maxsus texnikalari harakatini masofadan “on-layn” rejimda kuzatish (GPS) tizimini joriy etish maqsadida, barcha “Toza hudud” DUKlari tomonidan «FUROR PROGRESS» xususiy korxonasi bilan shartnomalar imzolandi.

4. «Toza hudud» DUKlarini 2017-yilda maxsus texnika bilan ta’minlash bo‘yicha

Qaror bo‘yicha 2017-yilda davlat byudjeti hisobidan 24,6 mlrd.so‘mlik
158 ta assenizatsiya avtomashinalarini xarid qilish belgilangan bo‘lib, “SamAvto” zavodining rasmiy dilerlari bilan 129 ta avtomashinaga umumiy qiymati 32,2 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolandi.

Bundan tashqari Sizning 2017-yil 17-may kuni Sirdaryo viloyatidagi tashrifingizda topshiriqlaringiz ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat “Toza hudud” DUK uchun 12 ta chiqindi tashish avtomobillarini xarid qilishga ajratilgan pul mablag‘lari to‘liq moliyalashtirilib, bugungi kunda shundan 7 tasi xarid qilindi. Qolgan 5 ta texnika yil yakuniga qadar etkazib berilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari amortizatsiya jamg‘armasida yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan “Toza hudud” DUKlar balansiga olingan va ta’mirtalab 270 ta maxsus texnikani joriy ta’mirlash uchun 2,7 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.

5. Chiqindilarni vaqtincha to‘plash maydonchalarini qurish, chiqindi konteynerlarini o‘rnatish, mavjud chiqindi poligonlarini ta’mirlash bo‘yicha

O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra 14 486 ta chiqindilarni to‘plash maydonchalari, 153 ta chiqindi poligonlari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda 568 ta yangi chiqindilarni to‘plash maydonchalarini qurish bo‘yicha 378 tasining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi. Shundan 251 tasi bo‘yicha pudratchilar bilan shartnomalar imzolanib, 56 tasi bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi. 190 ta obyekt bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Shu bilan birga 2017-yilda 146 ta chiqindi poligonlarini tartibga keltirish uchun 124 ta obyekt bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi. Shundan 84 tasi bo‘yicha pudratchilar bilan shartnomalar imzolanib, 53 ta obyekt bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi, 22 ta poligon bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Ekologik-sanitariya normalari va qoidalariga zid ravishda faoliyat yuritib kelayotganligi sababli 3 ta chiqindi poligonining faoliyati to‘xtatildi.

Ma’lumot uchun: Andijon viloyatining Paxtaobod tumani, Toshkent viloyatining Angren shahri va Bo‘stonliq tumani.

Shu bilan birga, 8 ta chiqindi poligonining faoliyatini tugatish choralari ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun: Surxondaryo viloyatining Angor tumani va Termiz shahri, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani, Jizzax viloyatinig Do‘stlik, Zarbdor va Paxtakor tumanlari, Xorazm viloyatining Urganch va Qo‘shko‘pir tumanlari.

6. Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi 826-f-farmoyishiga asosan, “Man Capita S.P.C.” (Baxreyn) kompaniyasi ishtirokida chiqindilarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha “Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida ekologik klasterni yaratish” investitsion loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

- loyihani amalga oshirish uchun “MC Invest Group” xususiy korxonasi  tashkil etildi:

- Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurilishi uchun yer maydoni aniqlandi.

- zarar maxsus texnikalar, chiqindi yig‘ish maydonchalari, konteynerlar, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari va saralash liniyalari soni aniqlanib, loyihaning dastlabki parametrlari belgilandi.

7. Qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utillashtirish, qayta ishlash va ko‘mish klasterini tashkil etish bo‘yicha

Mamlakatimizning 11 ta shahrida zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utillashtirish, qayta ishlash va ko‘mish klasterini tashkil etish bo‘yicha 10 ta tashabbuskor – tadbirkorlik subyektlari aniqlandi.

Ma’lumot uchun: Nukus, Urganch, Navoiy, Buxoro, Qarshi, Termiz, Guliston, Jizzax, Angren, Namangan, va Farg‘ona shaharlarida

Shundan bugungi kunda loyihalar bo‘yicha 12 ta texnologiya va 103 ta texnika keltirilib, 6 ta zavodning qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Bundan tashqari bugungi kunda xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan chiqindi poligonida chiqindilarni utlizatsiya qilish maqsadida 2 ta chiqindilarni saralash texnologik uskunalari olib kelinib, qurilish montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

8. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha

Qo‘mita tomonidan 1 ta Qonun loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta farmoyishi loyihasi, Vazirlar Mahkamasining 1 ta farmoyishi va 3 ta qarori loyihalari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

Shundan:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Respublikaning shaharlarida maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish bo‘yicha klaster yaratish doirasida olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, ularni olib kelinishida bojxona to‘lovlaridan ozod etiladigan maxsus texnikalar, texnologik uskunalar va butlovchi qismlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5057-sonli Farmoyishi

- Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi “Man Capita S.P.C.” (Baxreyn) kompaniyasi ishtirokida chiqindilarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha “Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida ekologik klasterni yaratish” investitsion loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 826-f-sonli farmoyishi;

- 2017-yil 28-sentabrdagi “Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 773-sonli qarorlari qabul qilindi.

Bugungi kunda Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish Qoidalari” va “Sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”larning yangi tahrirdagi loyihalari hamda Sanitar tozalash soxasida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlarning modiy texnik bazasini mustaxkamlash chora-tadbirlari haqida”gi qaror loyihalari ko‘rib chiqilmoqda.

9. Kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha

Sanitar tozalash sohasida mehnat qilayotgan kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida, Qo‘mita huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Markazida o‘quv kurslari tashkillashtirildi.

Shu bilan birga Toshkent shahar “Maxsustrans” DUK
va “Avtodaryotrans-ilm” kasb malakasini oshirish Davlat ilmiy-metodik markazi tajribalari misolida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ob’ektlarga chiqqan holda, yangi tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va hududiy inspeksiya rahbarlari va mutaxassislari uchun o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.

“Chiqindilarni hosil bo‘lishi, yig‘ilishi, saqlanishi, tashilishi, utillashtirilishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasi” va “Chiqindilarni ko‘mish va utillashtirish joylarining pasportlarini yuritish to‘g‘risida” hamda “Maxsustrans” DUK tajribasi misolida sanitar tozalash sohasida ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

10. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha

Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ijtimoiy hamkorlikni mustaxkamlash, olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida aholini habardor qilish borasida bir qator vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda 599 ta seminar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazildi.

Targ‘ibot-tashviqot ishlari miqyosini kengaytirish, ekologik bilim, ta’lim va tarbiyani mustahkamlash maqsadida, 96 ta radio, 78 ta teleko‘rsatuvlar o‘tkazilib, 109 ta materiallar nashr etildi.

Respublika hududlariga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklari o‘rtasida aholining habardorligi va ekologik madaniyatini oshirish, sanitar tozalash va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni yaxshilash yuzasidan qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ni ilova etgan holda, qo‘shma qarorlar imzolandi.

Hududlarda sanitariya holatini talab darajasida saqlanishini ta’minlash bo‘yicha sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari hamda inspeksiya hodimlari bilan hamkorlikda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish Sxemasi ishlab chiqildi.

Ekologik nazoratni amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan reydlar davomida 1 050 ta aholi yashash punktlarida chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik talablarining buzilishini oldini olishga qaratilgan 1 290 ta tezkor nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Natijada 222 ta noqonuniy chiqindixonalar faoliyatiga chek qo‘yilib, ularda joylashtirilgan 17,1 ming tonna chiqindi o‘rnatilgan tartibda maxsus poligonlarga joylashtirildi.

Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik talablari buzilganlik holatlari bo‘yicha 867 ta fuqaroga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilib, 167 ta taqdimnoma va 1 777 ta ogohlantirish xatlari yuborildi.

II. Yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar

1. 2017-yilda yangi 158 ta xarid qilingan maxsus texnikalarni tasarrufga tushurish.

2. Abonentlarning elektron bazasini to‘liq shakllantirish.

3. To‘lovlarni qabul qilish va hisobini yuritishning elektron “Billing” tizimini hamda chiqindi tashish maxsus texnikalari harakatini masofadan “on-layn” rejimda kuzatish (GPS) tizimini to‘liq joriy etish.

4. 568 ta yangi chiqindilarni to‘plash maydonchalarini qurilish ishlarini yakunlash.

5. 146 ta  chiqindi poligonlarini tartibga keltirish ishlarinri yakunlash.

6. “Toza xudud” DUKlarning muxandis mexanik, tasarruf bo‘yicha injener, iqtisod bo‘yicha mutaxasislari hamda chiqindi nazorati inspektorlari uchun respublika miqyosida tematik seminarlar tashkil etish.

7. Respublikaning 11 ta shahrida (Nukus, Urganch, Navoiy, Buxoro, Qarshi, Termiz, Guliston, Jizzax, Angren, Namangan, va Farg‘ona shaharlarida) zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utillashtirish, qayta ishlash va ko‘mish klasterini tashkil etish bo‘yicha loyixalarni davom ettirish.

8. Davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda seminar, uchrashuv va davra suhbatlari, aholi o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot ishlari miqyosini kengaytirish, ekologik bilim, ta’lim va tarbiyani mustahkamlash maqsadida teleko‘rsatuvlar o‘tkazish xamda aholini ekologik madaniyatini shakllantirish.

III. Mavjud muammolar.

Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda quyidagi asosiy muammoli masalalar mavjud. Jumladan:

1. 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Dasturda ko‘zda tutilgan mahalliy byudjet mablag‘larning (96,7 mlrd. so‘m) moliyalashtirilishi kechiktirilmoqda. Ya’ni joriy yilning 1-oktabr holatiga rejalashtirilgan mablag‘larning 28,4 mlrd.so‘m (30 %) mablag‘ moliyalashtirilgan. Natijada texnikalarni xarid qilish va qurilish ishlari bo‘yicha belgilangan parametrlarning o‘z vaqtida bajarilishiga imkon bermayapti.

 Taklif – Dasturda ko‘zda tutilgan mahalliy byudjet mablag‘larining qolgan 68,3 mlrd. so‘mini qisqa muddatlarda moliyalashtirish.

2. “Toza hudud” DUKlar ehtiyoji uchun 2017-yilda davlat byudjeti hisobidan jami 158 ta assenizatsiya mashinalari xarid qilish uchun 24,6 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, “SamAvto” zavodida ishlab chiqarilayotgan assenizatsiya mashinalari narxining
2,7 barobar oshganligi sababli, qolgan 40 ta assenizatsiya mashinalarini xarid qilish uchun qo‘shimcha 16,8 mlrd.so‘m byudjet mablag‘i yetishmovchiligi yuzaga kelgan.

Taklif – 2017-yilda 40 ta assenizatsiya mashinalarini xarid qilish uchun byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 16,8 mlrd.so‘m mablag‘ moliyalashtirish.

3. “Toza xudud” DUKlarining maxsus texnikalarini saqlash uchun mahalliy hokimiyatlar tomonidan ajratilgan bino va inshootlar mavjud texnikalarni saqlash va lozim darajada tasarruf etish uchun zamonaviy talablarga javob bermaydi (texnik xizmat ko‘rsatish, texnikalarni yuvish kabi maxsus obyektlarga ega emas).

Taklif – “Toza xudud” DUK filiallari uchun avtoparklarni tashkil etishga ajratilgan yer maydonlarida rekonstruksiya va yangi qurilish ishlari uchun
2018-yilning Investitsiya dasturida 172 ta avtopark qurish uchun 86,0 mlrd so‘m mablag‘ ko‘zda tutish.

4. Poligonlarda ishlarni samarali tashkil etish uchun qo‘shimcha
154 ta
  maxsus texnika (93 ta buldozer, 61 ta ekskavator va avtoyuklagich) talab etiladi.

Taklif – 2018 yilda 154 ta maxsustexnika xarid qilish uchun byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 77 mlrd.so‘m mablag‘ moliyalashtirish.

5. Respublika hududlarida sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatuvchi “Toza hudud” DUKlarining maxsus texnikalar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganilganda, Dasturda xarid qilinishi ko‘zda tutilgan texnikalardan tashqari Respublikada aholini sanitar tozalash xizmatlari bilan 100 foiz qamrab olish uchun qo‘shimcha ravishda 449 ta chiqindi tashish maxsus texnikalariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Taklif – Respublikada aholini sanitar tozalash xizmatlari bilan
100 foiz qamrab olish uchun qo‘shimcha talab etilayotgan 449 ta maxsustexnika xarid qilish uchun byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 224,5 mlrd.so‘m mablag‘ moliyalashtirish.


2018-02-22

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika