Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 2-fevral – Butunjahon suvli-botqoqli hududlar kuni

2-fevral – Butunjahon suvli-botqoqli hududlar kuni

Bugungi kunda suv havzalari nafaqat insoniyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, balki o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘ziga xos yashash muhiti sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Garchi Yer sayyorasida katta maydonni egallashiga qaramasdan, suv havzalaridan so‘nggi yillarda sanoat hamda xo‘jalik ehtiyojlari uchun keng foydalanish ularga bo‘ladigan turli ta’sirlar ko‘lamining kengayishiga va ularni xalqaro miqyosda muhofaza qilishga ehtiyoj tug‘dirdi.

Shu asosda 1971-yilning 2-fevralida Eronning Ramsar shahrida “Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlar to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilindi. Mazkur Konvensiyaning maqsadi inson va uning atrofini o‘rab turgan muhitning o‘zaro bog‘liqligini va suvli-botqoq yerlarning iqtisodiy, madaniy va rekreatsiyaviy ahamiyatini hamda suvda suzuvchi qushlar va ularning muhofazasiga xalqaro resurs sifatida qaralishi lozimligini tan olgan holda, uzoqni ko‘zlagan milliy siyosat bilan xalqaro harakatlar muvofiqlashtirilishini ta’minlanishdan iborat.

Bugungi kunda dunyo miqyosida Konvensiya doirasida amal qiluvchi xalqaro ahamiyatdagi suvli-botqoq yerlarning ro‘yxatiga 2200 dan oshiq hududlar kiritilgan bo‘lib, bunday havzalar aholining madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, hayotiy muhim talablarini qondirish va, umuman, ekologik barqarorlikni saqlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekistondagi ko‘llar va suv omborlarida va ularning botqoqlar sifatida ta’riflanuvchi qirg‘oq zonalarida juda ko‘p qushlar panoh topishgan. Ular orasida Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan turlar bilan bir qatorda qushlarning migratsiyalari va qishlash davrlarida bir necha o‘n minglab ov qilinadigan qushlar uchraydi.

O‘zbekiston Respublikasi Ramsar Konvensiyasiga qo‘shilganidan so‘ng, maydoni 31,3 ming ga bo‘lgan Dengizko‘l va maydoni 527,1 ming ga bo‘lgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi Ramsar ro‘yxatiga kiritildi.

O‘zbekistondagi 505 ta suv ombori va 500 ta ko‘llarda hayoti suv havzalari va qirg‘oq zonasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 150 turdagi suv va suv oldi qushlari uchraydi. Respublikamizda uchrovchi jami 462 turdagi qushlarning deyarli yarmi yashash va dam olish maskani sifatida qirg‘oq hududlarini tanlaydi. Xuddi shunday tarixiy-tadrijiy rivojlanish va moslashish natijasida hayvonot dunyosining ko‘pgina boshqa turlari, o‘simliklarning aksariyati yashash, ko‘payish, oziqlanish muhiti sifatida turli suv havzalari va ularning qirg‘oqlarini tanlashgan. Shu asosda aytish mumkinki, havzalardagi ekologik barqarorlikni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish bugungi kunnig dolzarb vazifalaridan sanaldi.

O‘zbekistondagi asosiy suv manbalari transchegaraviy xususiyatga ega bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo daryolari bilan uzviy bog‘liq. Ichki ko‘llar suv sathidagi o‘zgarishlar ham mazkur daryolarining yillik suv hajmi bilan uzviy bog‘liqligini hisobga olganda bu masalaning o‘ta muhimligi yaqqol seziladi. Bu, o‘z navbatida, respublikamizdagi suv-botqoq hududlarini to‘laqonli muhofaza qilishda Konvensiyaning boshqa ishtirokchilari bilan yaqindan hamkorlik qilishni taqazo etadi.

Keyingi yillarda Ramsar konvensiyasi suv havzalarini nafaqat suv va suv oldi qushlarining yashash muhiti sifatida muhofaza qilishni, balki havzadan chorvachilik, dehqonchilik va xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanish nuqtai-nazaridan va, umuman, inson hayotidagi ahamiyatini hisobga olgan holda kompleks o‘rganish va muhofaza qilishni o‘z oldiga maqsad qildi va natijada mazkur konvensiyaning mazmun va mohiyati yanada kengaydi.


2018-01-19

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika