Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > SO‘NGGI PUSHAYMON – O‘ZINGGA DUSHMAN

SO‘NGGI PUSHAYMON – O‘ZINGGA DUSHMAN

Mamlakatimizda asrga tatigulik keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Tekis, ravon ko‘chalar, xiyobonlar gulzorga aylanmoqda, anhorlarda o‘ynoqlab oqayotgan zilol suvlar, yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlar tilida doston bo‘lmoqda. Ushbu manzaralarni kuzatgan har qanday insonning kayfiyati ko‘tariladi, bahri dili ochiladi.

Biroq... ba’zi bir hududlarda yo‘l yoqasi, ko‘chalarda, ariqlarda tog‘dek bo‘lib to‘planib turgan chiqindilarni ko‘rib, ko‘nglingiz xira bo‘ladi. Axir ko‘pni ko‘rgan yoshi ulug‘ insonlar “Chiqindini ariqqa supurma, suvga tupurma, hovli va ko‘chalarga axlat tashlama!” gunoh bo‘ladi deb bot-bot ta’kidlaydilar.

Joriy yilning 4–5-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017–2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Chiqindilarni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan tungi tezkor reydlar o‘tkazildi.

Xususan, reydlar davomida Naman shahrining “Boburshoh”, “Uychi”, “Navoiy” ko‘chalarida aholi va korxonalar tomonidan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlab ketish, ya’ni ruxsat etilmagan chiqindi uyumlarini paydo qilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, Namangan shahar “Zarbdor” MFY, “Beshkapa” ko‘chasi 5-uyda yashovchi fuqaro Bilolxon Tojiboyev tomonidan “Boburshoh” ko‘chasi hududida belgilanmagan joyga maishiy chiqindilarni joylashtirayotgani aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 91-modda 1-qismiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, “Yangiobod” MFY, “Katta ariq” ko‘chasida yashovchi fuqaro Shuhrat Ogaliqov tomonidan “Navoiy” ko‘chasi hududida belgilanmagan joyga maishiy chiqindilarni o‘ziga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtotransport vositasi yordamida olib kelib joylashtirayotgani aniqlanib, unga nisbatan ham ma’muriy jarima qo‘llanildi. Bu kabi reydlar yil davomida tashkil etiladi, albatta.

Xalqimizda “So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman“ degan naql bor. Bunday nojo‘ya xatti-harakatlar taraqqiyot jarayonini emas, aksincha, ekologik inqirozni tezlashtirishini anglab etish vaqti keldi.

Zero, tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanga, uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchi ekanligini unutmasligi lozim.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Axborot xizmati


2018-01-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika