Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 100 SAVOLGA 100 JAVOB TURKUMIDAN (davomi)

100 SAVOLGA 100 JAVOB TURKUMIDAN (davomi)

12. Baliqlarni ruxsatnomasiz necha kilogrammgacha ovlash mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006-yil 2-may kuni 1569-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari”ga muvofiq, umumiy foydalanish suv havzalarida barcha fuqarolarga
5 kilogrammgacha bepul, (qo‘riqxonalar, baliqparvarishxonalari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xo‘jaliklarning hududlari bundan mustasno) yoki pul evaziga ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklariga ro‘yxatdan o‘tkazilgan suv havzalarida – ushbu jamiyatning yo‘llanmalari (ruxsatnomalari) bo‘yicha amalga oshiriladi.

Baliq urchish davrida baliqchilik jamiyati a’zolari 5 donadan ziyod qarmoq ishlatmasliklari lozim.

13. Belgilangan ko‘rsatgichdan ortiq baliq ovlagan shaxs qay tartibda javobgarlikka tortiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning
90-moddasiga muvofiq,

Ov qilish yoki baliq tutish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish;

ov qilish, baliq tutish yoki baliq zaxiralarini muhofaza etish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish;

– fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

– tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan ov qilish yoki baliq tutish, shuningdek ov qilish yoki baliq tutishning boshqa qoidalarini muntazam ravishda buzish;

– shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga, yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.

14. Ov paytida belgilangan ko‘rsatgichdan bir dona ortiq chiqqan baliqqa jarima belgilanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006-yil 2-may kuni 1569-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari”ga muvofiq, agar bitta baliq og‘irligi belgilangan normadan oshib ketsa, bu hol istisno deb qabul qilinishi mumkin.

15. Ko‘pchilik bo‘lib baliq ovlangan paytda ov uchun belgilangan limit barcha uchun birdek amal qiladimi yoki har bir odam soniga bo‘linadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006-yil 2-may kuni 1569-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari”ga muvofiq, umumiy foydalanish suv havzalarida kishi boshiga 5 kilogrammdan baliq ovlash mumkin.

16. Yovvoyi jonivorlarni ovlash tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilmagan hayvon turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari – familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxs ovchilik guvohnomasining tartib raqami, o‘qotar qurolni olib yurish va saqlashga ichki ishlar organlari ruxsatnomasining tartib raqami (agar otish ko‘zda tutilsa);

hayvonlarni tutishning maqsadi;

baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda – tutish qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar va boshqalar, ularning soni, kataklarning o‘lchami), suzish vositalari (katerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);

hayvonlarni tutish muddatlari;

hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);

tutish usuli (tutish, otish);

tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlari.

Hayvonlarni sanoat maqsadida tutish hollarida, agar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga hayvonlarni, ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini olib chiqish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, arizaga yetkazib berish shartnomalari (shartnoma) nusxasi ilova qilinadi. Shartnoma, agar uning bo‘yicha bir necha marotaba ruxsatnoma olinsa ham, bir marotaba taqdim etiladi. Bunday holatlarda arizada ushbu shartnomaga havola qilinadi.

17. Maxsus qo‘riqxonalarda ov qilish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 7 ta toifaga bo‘linadi. Shundan, 5-toifa “ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar”ga kiruvchi, o‘simlik va hayvonot olamining ayrim turlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan Buyurtma qo‘riqxonalarda, ularga zarar yetkazmagan holda maxsus ruxsatnoma asosida ov qilinishiga ruxsat berilishi mumkin.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning 7-toifa “ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar”ga kiruvchi, ovchilik uchun mo‘ljallangan tabiiy hududlar ya’ni, o‘rmon ov xo‘jaliklari va ov xo‘jaliklarida ularning rejimiga muvofiq ov qilishga ruxsat etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq qolgan toifadagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ov qilish taqiqlanadi.

18. “Qizil kitob”ga kiritilgan jonivorlarni ovlash tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olishga ruxsatnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari – familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxs ovchilik guvohnomasining tartib raqami;

hayvonlarni tutishning maqsadi;

baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda – tutish qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar va boshqalar, ularning soni, kataklar o‘lchami), suzish vositalari (katerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);

hayvonlarni tutish muddatlari;

hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);

tutish usuli (tutish, otish).

19. “Qizil kitob”ga kiritilgan jonivorlarni ruxsatnomasiz ovlagan shaxsga nisbatan qanday chora ko‘riladi?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning
94-moddasiga muvofiq,

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo‘q qilib yuborish, o‘lja qilish yoxud ularning tuxum, uvildiriq qo‘yadigan inlarini, boshpanalarini yo‘q qilish, inlarini, uyalarini va boshqa yashash joylarini buzish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa harakatlar sodir etish yoxud bunday hayvonlarni ovlash ruxsatnomasida ko‘rsatilgan shartlarni buzgan holda o‘lja qilish –

shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 14-ilovadagi taksa bo‘yicha amalga oshiriladi.

20. “Qizil kitob”ga kiritilgan jonivorlarni bilmay yoki bilvosita oldi-sottisini amalga oshirsa qanday chora ko‘riladi?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning
92-moddasiga muvofiq,

Hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning ko‘chish yo‘llarini muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish, to‘ldirish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalari bilan savdo qilish qoidalarini, shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini, zoologik va botanik kolleksiyalarini boshqa joyga jo‘natish va chet elga olib ketish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa yerga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish –

fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

21. “Qizil kitob”ga qanday jonivorlar turlari kiritilgan?

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning II-jildida hayvonot olamining noyob hamda yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi 184 turdagi hayvonot dunyosi obyektlari kiritilgan. Shundan, 77 turdagi umurtqasizlar,18 turdagi baliqlar, 16 turdagi sudralib yuruvchilar, 48 turdagi qushlar va 25 turdagi sutemizuvchilar kiritilgan.

Misol uchun “Qizil kitob”ga kiritilgan yovvoyi hayvonlar quyidagilar: Buxoro xonguli, Morxo‘r, Jayron, Qo‘ng‘ir ayiq, Itolg‘i lochini, Qora laylak, Qapcha ilon va boshqalar.

22. Jonivorlarni chetga olib chiqish tartibi qanday?

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

23. Jonivorlarni eksport qilish uchun qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqishga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari – familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

turlari bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, o‘ljalari, tulumlari, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni. Zoologiya kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusxalari soni ko‘rsatiladi;

chetga olib chiqish (mamlakati) yoki olib kirish joyi;

chetga olib chiqish uchun asos – hayvonning qonuniy sotib olinganligini yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami), zoologiya kolleksiyasining Tabiatni muhofaza qilish davlat organlarida hisobga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat.

24. Jonivorlarni eksporti uchun olingan ruxsatnomada ko‘rsatilgan me’yor oshib ketsa yoki belgilangan me’yorni oshirish lozim bo‘lsa, qanday tartibda ish ko‘riladi?

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini eksport qilish uchun olingan ruxsatnomada ko‘rsatilgan me’yordan oshib ketsa O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqishga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari – familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

turlari bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, o‘ljalari, tulumlari, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni. Zoologiya kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusxalari soni ko‘rsatiladi;

chetga olib chiqish (mamlakati) yoki olib kirish joyi;

chetga olib chiqish uchun asos – hayvonning qonuniy sotib olinganligini yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami), zoologiya kolleksiyasining Tabiatni muhofaza qilish davlat organlarida hisobga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat;

ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish sabablari.

Har bir guruh namunalari uchun alohida ruxsatnomalar beriladi. Ruxsatnomaning asl nusxasi namunasi bilan birga bo‘ladi (hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, yashash faoliyati mahsulotlari, o‘ljasi, tulumlari va boshqalar bilan).

 

(Davomi bor)


2018-01-05

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika