Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 2050-yilga qadar Yevropa energetika kompaniyalari ko‘mirdan voz kechadi

2050-yilga qadar Yevropa energetika kompaniyalari ko‘mirdan voz kechadi

2050-yilga qadar Yevropa Ittifoqining 26 davlatidan 3 mingdan ko‘proq energiya ishlab chiqaruvchi kompaniya uglerod-neytral bo‘lish, ya’ni ko‘mir ishlatishdan voz kechishga va’da bermoqda. Bu haqda 3500 ta energetik korxona manfaatlarini bildiruvchi Eurelectric tashkiloti ma’lum qildi. Neytrallik uglerodni kompensatsiyalash hisobiga erishiladi, ya’ni har qanday miqdorda ishlab chiqarilgan karbonat angidrid CO2 ekologik choralar bilan kompensatsiyalanadi. Misol uchun, sof energetikaga investitsiyalar yoki uglerod kreditlar sotib olish hisobiga.

Yevropa korxonalari aynan shu yo‘lni tutadilar. Ular sof energetikaga investitsiyalar kiritadilar, elektr energiyani taqsimlashning aqlli tizimlarini tatbiq qiladilar, shuningdek, ekologik sof transport hamda isitish va shamollatishning “yashil” tizimlariga o‘tadilar.

Bunday majburiyatlarning aksariyati kabi, Eurelectric rejalari ham huquqiy kuchga ega emas. Tashkilot o‘z bayonotida aytishicha, iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi me’yorlariga rioya qilish uchun energetik kompaniyalarni uglerod-neytral qilish zarur. Bu kelishuv deyarli 100 ta davlat tomondan qo‘llab-quvvatlangan. Unga ko‘ra, bu davlatlar asr oxirigacha dunyo bo‘ylab o‘rtacha havo haroratining 2 gradusdan yuqorilashiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.

Eurelectricning bu qaroriga iqlim o‘zgarishlari xavfidan tashqari, texnologiyalar rivojlanishi va infratuzilmani modernizatsiya qilish zarurati ta’sir ko‘rsatgan.

“Biz elektr energiya avvalgidek o‘z qiymatini o‘n yillardan keyin ham saqlab qolishi uchun innovatsiyalarga investitsiyalar qilish va yangi biznes modellarni yaratishga tayyormiz”, deb aytgan Eurelectric vitse-prezidenti Alister Filips-Devis. Eurelectric shuningdek hukumatlar va sarmoyachilarni sof energetikaga o‘tish barchaga, jumladan ko‘mir sanoatiga bog‘liq bo‘lgan davlatlarga ham foydali bo‘lishi uchun uni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Aprelda Eurelectric tashkilotiga kiruvchi korxonalar yangi ko‘mir elektr stansiyalariga investitsiyalar qilishni to‘xtatishga va’da berishgan.

Mutaxassislarning fikricha, Yevropa Ittifoqida ko‘mirning “kelajagi yo‘q”. 2030-yilga qadar kamida 20 ta davlat ko‘mirda ishlovchi elektr stansiyalaridan voz kechishi kutilmoqda. Bu davlatlardan yarmi Yevropa Ittifoqi davlatlari bo‘ladi.


2017-12-15

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika