Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston respublikasiga olib kirish va olib chiqish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 188-I-son “Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konvensiyasiga qo‘shilish haqida” qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

EKOLOGIK XAVFLI MAHSULOTLAR VA CHIQINDILARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISHNI VA ULARNI UNING HUDUDIDAN OLIB CHIQISHNI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA

Vazirlar Mahkamasining «1999—2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida» 1999 yil 20 oktyabrdagi 469-son qaroriga  muvofiq va O‘zbekiston Respublikasiga xavfli chiqindilarni, potensial toksik va kuchli ta’sir qiluvchi zararli moddalarni olib kirishni va ularni olib chiqishni hamda uning hududi orqali tranzit qilishni bartaraf etish maqsadida, shuningdek, ekologik sertifikatsiya tizimini tashkil etish hisobiga mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoriga integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Majburiy ekologik sertifikatlanishi zarur bo‘lgan mahsulotlar va chiqindilar nomenklaturasi 1-ilovaga* muvofiq;

* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ekologik sertifikatsiyadan o‘tkazish va ekologik xavfli mahsulotlar hamda chiqindilarni uning hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishni boshqarish tartibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi 2 oy muddatda:

mahsulotning ekologik xavfsizligini belgilovchi ko‘rsatkichlar va me’yorlar ro‘yxatini ishlab chiqsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni respublika hududiga olib kirish, uning hududidan tranzit qilish va olib chiqishda o‘zaro hamkorlik qilishga doir hujjatlarni tayyorlasin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

3. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan belgilangan me’yorlarni hisobga olgan holda mahsulotlar uchun me’yoriy hujjatlarga ekologik xavfsizlikka nisbatan talablar kiritish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.

4. «O‘zstandart» agentligi ekologik xavfli mahsulotlar uchun me’yoriy hujjatlarni ro‘yxatga olishni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda amalga oshirsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV

Toshkent sh.,

2000 yil 19 aprel,

151-son


Foydali manbalar