Iskandarov Iskandar Rustamovich – 1984 yili 21 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutini, 2007 yil Shvetsiya davlat Folk universitetini ta'momlagan. Ma'lumoti – oliy, mutaxassisligi – menejment.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

2008-2009 yy - “Uzinterimpeks”davlat aktsionerlik tashqi savdo kompaniyasining marketing va informatsion ta’minot boshqarmasining 2-toifali mutaxasisi.

2009-2009 yy. - “Uzinterimpeks”davlat aktsionerlik tashqi savdo kompaniyasining “Intreyd” firmasida 1-toifali mutaxasisi.

2009-2010 yy - “Uzinterimpeks” davlat aktsionerlik tashqi savdo kompaniyasi marketing va informatsion ta’minot boshqarmasining yetakchi mutaxasisi.

2010-2011 yy - “Uzinterimpeks” DATSK “Inagro “ firmasi bosh mutaxassisi.

2011-2011 yy - “Uzinterimpeks” DATSK marketing va informatsion ta’minot boshqarmasining boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi.

2011-2014 yy - “Uzinterimpeks”DATSK marketing va informatsion ta’minot boshqarmasi boshlig‘i.

2014-2014 yy - “Uzinterimpeks” DATSK paxta tolasi eksportini tashkil etish bo‘yicha boshqaruv raisi muovini vazifasini bajaruvchisi.

2014-2016 yy - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tarkibidagi “Uzinterimpeks” DATSK boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi.

2016-2017 yy. - “Paxtasanoat ilmiy markazi” aktsiyadorlik jamiyati Bosh direktorining ishlab chiqarish istiqbolli rivojlanish va investitsiya bo‘yicha o‘rinbosari.

2017-2019 yy. - “O‘zpaxtasanoat” AJ Marketing va savdo departamenti boshlig‘i.

2019-2019 yy. - “O‘zpaxtasanoat” AJ Paxta mahsulotlarini sotish va yetkazib berishni tashkil etish departamenti boshlig‘i.

2019 y.-2020 - “O‘zpaxtasanoat” aktsiyadorlik jamiyati mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha raisining birinchi o‘rinbosari.

2020 y.-h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonasi direktori.