Tagaev Ikromjon Komiljonovich – 1987 yili 29 sentyabrda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tug‘ilgan. 2014 yil Guliston davlat universitetini ta’momlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – agrokimyo va agrotuproqshunoslik.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

2010-2014 yy. - Guliston davlat universiteti talabasi.

2014-2015 yy. - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Cho‘lquvar” qishloq vrachlik punktida menedjer.

2015-2015 yy. - Sirdaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Yer, tuproq hamda chiqindilarni boshqarishni nazorat va muhofaza qilish inspektsiyasi 1-darajali tabiatni muhofaza qilish inspektori.

2015-2016 yy. - Sirdaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertiza korxonasi yetakchi mutaxassis eksperti.

2016-2017 yy. - “Ekologik me’yorlashtirish va monitoring markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassisi.

2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi “Ekologik me’yorlashtirish va monitoring markazi” davlat unitar korxonasi Sirdaryo filiali boshlig‘i.

2017-2017 yy. - Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat Ekologik ekspertiza markazi bosh mutaxassis eksperti.

2017-2018 yy. - Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atrof-muhitning ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi.

2018-2019 yy. - Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atrof-muhitning ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i.

2019-2019 yy. - Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshliq o‘rinbosari.

2019-2020 yy. - Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.

2020 y. - h.v - O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiya boshlig‘i v.b.