Radjapov Azad Turebaevich - 1975 yili 27 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumanida tug‘ilgan. 1997 yil Toshkent Davlat pedagogika institutini ta’momlagan. Ma’lumoti– oliy, mutaxassisligi - filolog.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

1996-1996 yy. - "Ko‘zgu" gazetasi musahhihi.

1996-1997 yy. - "Ishonch" gazetasida mas’ul kotib o‘rinbosari.

1997-1997 yy. - "Xalq so‘zi" gazetasi muxbiri.

1997-1998 yy. - Harbiy xizmatda.

1998-2002 yy. - "Xalq so‘zi" gazetasi muxbiri, katta muxbiri, sharhlovchisi.

2002-2003 yy. - O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA Xalqaro axborot tahririyati mas’ul muharriri.

2003-2008 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Matbuot, madaniyat va ijodiy tashkilotlar ishlari buyicha Davlat maslahatchisi xizmati konsultanti.

2008-2010 yy. - O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘zA Respublika axboroti tahririyati Bosh muharriri.

2010 -2014 yy. - “XXI ASR” ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati Bosh muharririning birinchi o‘rinbosari.

2014- 2016 yy. - “XXI ASR” ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati Bosh muharriri.

2016- 2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Musiqa va san’at ta’limi muassasalari boshqarmasi yetakchi nazoratchisi.

2017- 2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig‘i.

2018-2019 yy. - “XXI ASR” ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati Siyosat bo‘limi boshlig‘i

2019-2021 yy. - O‘zpaxtasanoat” AJ Boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi.

2021-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Ijro intizomi va hujjatlar aylanishi bo‘limi boshlig‘i v.b.

2021-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i - raisning matbuot kotibi.