Musaev Farrux Gulyamdjanovich – 1981 yili 19 mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – ekolog.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

2004-2005 yy. - Toshkent shahar Sobir Raximov tumani ijtimoiy ta’minot bo‘limi, yakka tartibdagi tadbirkor.

2007-2009 yy. - Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish nozirligi 1-darajali mutaxassisi, ishlab-chiqarish texnikaviy bo‘lim bosh mutaxassisi, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va uni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i.

2009-2011 yy. - “PRESYSTEM UNIVER SHL” qo‘shma korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyat, marketing bo‘limi boshlig‘i.

2011-2017 yy. - “UzGazOil” mas’uliyati cheklangan jamiyat, operator.

2017-2020 yy. - “Chinobod unitar korxonasi-neft bazasi” 4-darajali operator, usta.

2020-2020 yy. - “UNG Petro”, usta, operator.

2018-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Davlat ekologik ekspertizasi markazi”davlat unitar korxonasi Xududiy markazlar bilan ishlash va atrof-muhit ta’sirlarini me’yorlashtirish bo‘limi boshlig‘i.

2021 y. – h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i.