Buriev Salimjan Samedjanovich- 1975 yili 22 avgustda Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. 1998 yil Toshkent davlat agrar universitetini ta’momlagan. Ma'lumoti – oliy, mutaxassisligi – olim-agronom.

MEHNAT FAOLIYATI:

1993-1998 yy. - Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

1998-2005 yy. - Toshkent davlat agrar universiteti “Dehqonchilik va melioratsiya asoslari” kafedrasi assistenti.

2005-2007 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2007-2009 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2009-2010 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi dotsenti v.b.

2010-2011 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari” kafedrasi dotsenti v.b.

2011-2013 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari” kafedrasi mudiri.

2013-2015 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Gidromelioratsiya fakulteti dekani muovini.

2015-2017 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi mudiri.

2017-2020 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Tuproqshunoslik va dehqonchilik ” kafedrasi dotsenti.

2020-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

2020-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.b.

2020-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

2020 y. h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.b.