Навоий вилояти. Экологик рейд тафсилоти: ноқонуний саксовул кесган шахслар жаримага тортилди
16.
01. 2020
20:37
5497
Новости

2020 yilning 15 yanvar kuni Navoiy viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Konimex tumanining  cho‘l hududlarida  tungi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd tadbiri davomida Konimex tumani «Yangi-G‘azg‘on» OFY da yashovchi fuqaro X.Tileubaev o‘ziga tegishli «Ford» rusumli avtotransport bilan 2 metr kub saksovul o‘simligi butalarini sindirib olib ketayotgan vaqtida ushlandi. X.Tileubaevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 79-moddasi 1-qismiga ko‘ra 1 115 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi hamda tabiatga yetkazilgan zararini qoplash uchun  624 400 so‘m hisoblandi.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Полезные ресурсы