Birinchi marta o‘zbekistonliklar uchun “Wiki yerni sevadi” fototanlovi o‘tkaziladi. 
28.
03. 2023
14:10
2413
Новости

Tanlov ekologik resurslarga bag‘ishlangan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi. 2023-yilda ushbu tanlovda 37 mamlakat ishtirok etadi, ularning orasida O‘zbekiston ham bor.

Tanlovning maqsadi:
“Wikipedia” onlayn ensiklopediyasi va unga turdosh loyihalarni O‘zbekistonning tabiiy obyektlari tasvirlari bilan boyitish, 
mamlakatimizga tabiatiga keng omma e’tiborini jalb etish va  eko-turizmni rivojlantirish.

Qoidalar

O‘zbekistonning tabiiy hududlari tasvirga tushiriladi va uni Vikiomborga yuklanadi.

Loyihaning o‘zbekcha, ruscha, inglizcha va qoraqalpoqcha sahifalarida yuklangan tasvirlar tanlov uchun qabul qilinadi.

Ishtirokchilar o‘zlari olgan tasvirlarni СС-BY-SA-4.0 erkin litsenziyasi bilan e’lon qiladilar.

Tasvirlar istalgan sanada tushirilgan bo‘lishi mumkin, lekin 15-maydan to 15-iyunga qadar Vikiomborga yuklangan bo‘lishi kerak.

Rejalar

2023-yilda Vikiomborga 2000 dan ortiq O‘zbekiston tabiati haqidagi suratlarni yuklash, shuningdek, O‘zbekiston tabiati haqida o‘zbek, rus va boshqa tillarda 100 ta maqola yaratish rejalanmoqda.

Tashkilotchilar

“Wiki yerni sevadi” tanlovi O‘zbekistonda “O‘zbek tilida so‘zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi”, ruscha “Vikigid” hamjamiyati hamkorligida hamda O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi ko’magida, “Wikimedia Foundation” homiyligida tashkil etilmoqda.

Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot:

https://commons.wikimedia.org/wiki/Commons:Wiki_Loves_Earth_2023_in_Uzbekistan

Keling, O‘zbekistonning go‘zal tabiatini butun dunyoga ko‘rsataylik!

Полезные ресурсы