Doktoranturaga qabul boshlandi
24.
09. 2022
11:56
4368
Тендер

E’LON
O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil uchun 11.00.05 - Atrof-muhit muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bo'yicha doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi.

Talab qilinadigan hujjatlar:
Tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchi (PhD)ga:


1.  Ariza.
2.  Qisqacha biografik maʼlumot (ob’ektivka - namuna  3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda).
3.  Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4.  Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) to‘g‘risida diplom nusxasi.
5.  Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning  nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6.  Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
7.  Pasport nusxasi.
8.  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
9.  IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan sertifikatlar (mavjud boʻlsa).

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

 Doktorantura, maqsadli doktorantura  (DSc)ga:


1. Ariza.
2. Qisqacha biografik ma’lumot (ob’yektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
5. Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
7. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
8. Pasport nusxasi.
9. Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi).

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Tayanch doktoranturaga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar chet tili va mutaxassisligi bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradi. Doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar esa suhbat asosida o‘tadi.

Hujjatlar 2022-yilning  15-oktabriga qadar qabul qilinadi. 

 Imtihonlar 5-25-noyabr kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko'chasi, 
7a- uy. Telefon: 71-277-89-22; (93) 534-55-98.

Talabgorlar (http://phd.mininnovation.uz) veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Полезные ресурсы