Davlat ekologiya qoʼmitasi raisi N. Oblomuradov “ProfPack” korxonasida bo'ldi
23.
09. 2022
17:46
2909
Новости

Keyingi yillarda mamlakatimizda chiqindilarni qayta ishlash sohasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlarning qoʼllab-quvvatlanishi oʼz navbatida, tadbirkorlik uchun ham keng imkoniyat yaratayapti. Toshkent shahrining Yangi hayot tumanida joylashgan “ProfPack” korxonasi faoliyati bunga yaqqol misol boʼla oldi. 

Yillik loyihaviy quvvati 50 ming tonna boʼlgan ushbu korxonada hozirda 250 nafarga yaqin ishchi mehnat qiladi. Hozirchalik ishlab chiqarish liniyalarida 16 ming tonna quvvatda mahsulotlar tayyorlanmoqda. Korxona ikkilamchi qogʼoz chiqindilardan karton qutilarni ishlab chiqarib, buyurtmachilarga yetkazib berayapti. Аyniqsa, maishiy texnikalarga moʼljallangan maxsus karton qutilarga talab yuqori.

Davlat ekologiya qoʼmitasi raisi N. Oblomuradov bugun ushbu korxonada boʼlib, ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Korxona maʼsullarining aytishicha, ikkilamchi qogʼoz chiqindilardan ishlab chiqarilayotgan karton mahsulotlari ekologik jihatdan zararsizligi bilan ham ajralib turadi. 

Qoʼmita raisi korxonaning zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlanganiga ham alohida eʼtibor qaratib, doimiy ravishda ekologik meʼyorlarga amal qilgan holda faoliyat olib borilishi yuzasidan oʼz tavsiyalarini berdi. 

Qayd etish joizki, bugun ushbu turdagi korxonalarda doimiy ish oʼrinlari yaratilayotgani, chiqindilar qayta ishlanib atrof-muhit musaffoligi ta'minlanayotgani e'tiroflidir.

Davlat ekologiya qoʼmitasi Matbuot xizmati

Полезные ресурсы