Yovvoyi hayvonlar tabiatga qo’yib yuborildi
02.
07. 2019
09:34
11119
Новости

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo’limi xodimlari tomonidan joriy yilning 1 iyul kunida o’tkazilgan navbatdagi nazorat reydi davomida fuqaro S. Ochilov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobga kiritilgan 1 dona echkiemar va 2 dona ko’lvor ilonlarni noqonuniy ravishda olib ketayotganligi aniqlandi.

Ushbu fuqarodan yovvoyi hayvonlar  (1 dona echkiemar va 2 dona ko’lvor ilonlar) ashyoviy dalil sifatida olib qo’yildi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro S. Ochilovga nisbatan O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning tegishli moddalariga muvofiq jarima belgilash hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarorining 2 - ilovasi talabiga muvofiq hayvonot dunyosiga etkazilgan zarar hisoblanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Olib qo’yilgan tirik holdagi O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 dona echkiemar va 2 dona ko’lvor ilonlari Chiroqchi tumani cho’l hududlarida tabiat qo’yniga qo’yib yuborildi.


Полезные ресурсы