19 sentyabr — Butunjahon tozalik kuni
10.
09. 2020
13:39
212
Event

Butunjahon tozalik kuni – bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi. G‘oya dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar.

Bugungi kunga kelib mazkur kun ko‘ngillilarning bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatiga aylandi. O‘zbekistonda ilk marta 2019 yil butun respublika bo‘ylab o‘tkazildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi atrof-muhitga befarq bo‘lmagan davlat, biznes-tuzilma vakillari, jamoatchilik tashkilotlari hamda faol fuqarolarni xalqaro hamjamiyat bilan bir qatorda 2020 yilning 19 sentyabr kuni Butunjahon tozalik kunida faol ishtirok etishga taklif etadi.

Original fotolarni #WorldCleanUpDayUzb xeshtegi bilan joylashtirish tavsiya etiladi.

19 sentyabr — Butunjahon tozalik kuni
Video

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources