«Jayron» eko-turistik ob’ektini rivojlantirish ishlari boshlandi
09.
09. 2020
10:03
4568
News

Buxorodan 42 km masofada, Qizilqum sahrosining janubi-g‘arbida joylashgan «Jayron» qo‘riqxonasiga birinchi tamal toshi qo‘yildi.

Ushbu eko-turistik ob’ektni rivojlantirish ishlari pitomnik imkoniyatlarini oshirish va sayyohlar hamda mahalliy mehmonlar tashrifi uchun qulay sharoit yaratishga yo‘naltirilgan.

So‘nggi uch yilda turizm tarmoqlari va turistik ob’ektlar safini kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda, Buxoroda ham bu kabi manzillar safi tobora ortib bormoqda. Jumladan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Narzullo Oblomurodovning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida mas’ullar bilan birgalikda viloyatining «Jayron» pitomnigida ekologik turizm ob’ektini tashkil etish va rivojlantirish borasida so‘z yuritdi.

Tamal toshini qo‘yish marosimiga shuningdek Buxoro va Qorovulbozor tumanlari hokimlari hamda Ekologiya qo‘mitasining Binolar ekspluatatsiyasi va kapital ta’mirlash direktsiyasi boshlig‘i E.Nabiev taklif etildi.

Yangi ob’ekt mehmonxona, muzeylar va 25 kishini sig‘dira oluvchi konferents-zallarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, pitomnik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qo‘riqxona ilmiy xodimlari uchun laboratoriya binosini qurish ishlari boshlandi. Ta’kidlash lozimki, joriy yilning yoz mavsumida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov viloyatga tashrifi doirasida ishchi guruh bilan mazkur «Jayron» qo‘riqxonasiga borib, u yerning sayyohlik mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirib, zarur taklif va tavsiyalarini bergan.

Ayni damda mas’ullar butun respublika bo‘ylab ekoturizmni rivojlantirish yo‘lida zarur ishlarni olib borishmoqda.

Tomonlar mamlakatimizda chiqindilarni boshqarish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish, samarali loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

«Jayron» eko-turistik ob’ektini rivojlantirish ishlari boshlandi


Manba: https://yuz.uz/news/jayron-eko-turistik-....

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Useful resources