Davlat ekologiya qo‘mitasi 2020 yil 1 sentyabrdan e’tiboran 2021 yil uchun «Ilmiy – tadqiqot, me’yoriy – uslubiy ishlarni, tashkiliy va tabiatni muhofazasi bo‘yicha tadbirlar Dasturi»ni  rejalashtirishni boshladi
07.
09. 2020
12:30
4349
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi 2020 yil 1 sentyabrdan e’tiboran 2021 yil uchun «Ilmiy – tadqiqot, me’yoriy – uslubiy ishlarni, tashkiliy va tabiatni muhofazasi bo‘yicha tadbirlar Dasturi»ni  rejalashtirishni boshladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Davlat ekologiya qo‘mitasi joriy yil 30 sentyabrga qadar quyidagi talablarga muvofiq arizalarni qabul qiladi.  

Ariza shakli:

1. Titul varag‘i.

2. Loyihaning tavsifi:

–  Loyihaning nomi;
–  Muammoning qo‘yilishi;
–  Maqsadi;
–  Rejalashtirilgan tadbirlar va masalalar;
–  Yakuniy natijasi, samaradorligi;
–  Bajarilish muddati;
–  Bajariladigan ishlarning kalendar rejasi;
–  Amalga oshiriladigan ishlarning “Bajaruvchi” tomonidan tasdiqlangan qiymati, yoki tadbir qiymatnini  asoslovchi  boshqa tegishli hujjatlar;

3.  Bajaruvchi – tashkilot (lar) haqidagi to‘liq ma’lumot - tadbirni bajaruvchi tashkilot (lar)ning nomi, adresi, telefon va hisob raqamlari.

Arizalar kuyidagi manzilga yuboriladi: 100047, Tashkent shahri, Yashnobod tumani, Tuytepa 2 A uy, yohud  elektron shaklda  e-mail: fond@uznature.uz manziliga yuborish mumkin.

Telefon: +998(71) 207-07-70 (ichki raqam 1016#, Ekologiya, atrof muhit muhofazasi va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish bo‘limi).

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources