Fotoreportaj. «Bir o‘lkaki...» — hech qachon kechib bo‘lmaydigan yurtning Zarafshon daryosi haqida
21.
08. 2020
18:10
5601
News

Nega Zarafshon, zar tarqatuvchi? Suvi zar rangda bo‘lganligi uchunmi yoki yo‘lidagi go‘shalarni obod qilgani, yurtlarni zarga ko‘mganligidanmi?

Aslida unisi ham, bunisi ham rost. Zarafshon o‘sha Machcho tog‘idan (5960 m) boshlanib, ulkan uzunligi 24,7, maydoni 40,8 yaxob, Zarafshon muzligining tagidan chiqib keladi. Uni dastlab Machcho daryosi deb atashgan.

Atrof-tevaragidan o‘ziga 15 tacha muzliklarni qo‘shib oluvchi Zarafshon muzligi 24 km davomida 5960 m.dan 2775 m.gacha pasayib kelgan — naqadar tik nishab tushuvchi muzlik. Shuning uchun ham uning ulkan tanasi vodiy bo‘ylab sutkasiga 40-45 sm mudom pastga tomon siljib turadi.

Zarafshon vodiysida to‘rt milliondan ziyodroq aholi yashaydi. Bu ko‘rsatkich daryo suvining keskin yomonlashuviga bilvosita hamda bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bilvosita sabablar ekin dalalaridan, yonlama soylardan ifloslangan oqimlarning daryo o‘zaniga quyilishi, sanoat korxonalarining salbiy ta’siri hamda daryo qirg‘og‘idagi ayrim aholi punktlari yoki rekreatsiya maydonlarining mavjudligi tufayli yuz bermoqda.

Qadimdan nafaqat Zarafshon vodiysini, balki Qashqadaryo va Sangzor vodiysini ham gullab-yashnatgan bu qadimiy daryo ham miqdor, ham sifat jihatidan salbiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Uning bu xususiyati, ayniqsa, o‘rta Zarafshonning quyi, quyi Zarafshon hududlarida odamlar salomatligi bilan bog‘liq turli muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Tabiat va inson o‘rtasidagi ziddiyatlarning bir qismi Zarafshon daryosiga to‘g‘ri kelayotganini tegishli hududdagi mutasaddi tashkilotlar o‘ylab ko‘rsalar, chakki bo‘lmas edi.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/society/bir-lkaki-ech-achon-....

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources