Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
20.
08. 2020
16:56
4483
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ayni kunlarda respublika hududlari, xususan Samarqand viloyatida 2020 / 2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri mahallalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan mavjud 36 ta ko‘p qavatli binolar ko‘zdan kechirildi. Xususan, Ko‘hnadon, Amir Temur mahallalaridagi ko‘p qavatli binolarga sanitar xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, maxsus texnikalar yordamida o‘z vaqtida hududlar tozaligini ta’minlash, chiqindi yig‘ish shaxobchalarini tartibga keltirish, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Ta’kidlash joizki, respublika bo‘ylab 9 mingdan ortiq mahallalar mavjud bo‘lsa, shundan 6200 ga yaqini sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olingan. Yil oxiriga qadar yana 225 ta maxsus texnika xarid qilinishi rejalashtirilgan. Bu esa qishki mavsumga qadar yana 560 taga yaqin mahallalarni sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olish imkonini beradi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources