«Daraxtlarni sug‘orish haftaligi» aktsiyasi boshlandi
28.
07. 2020
13:24
409
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi va «MEROS» xayriya jamoat fondi erta tongdan Toshkent shahar Yashnobod tumani Harbiylar shaharchasi «Olmos» mahallasida «Daraxtlarni sug‘orish haftaligi» aktsiyasiga start berildi. Eslatib o‘tamiz mazkur aktsiya 2 avgustga qadar mamlakat bo‘ylab davom etadi.

Tadbirda Davlat ekologiya qo‘mitasi Shavkatjon Abdurazakov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Baxodir Tajiev, mahalla faollari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Aktsiya doirasida keng jamoatchilikni, karantin tartib-qoidalariga rioya etgan holda daraxtlarni sug‘orish ishlariga jalb etishni tashkillashtirish, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining tegishli tashkilotlari tomonidan aholi yashash punktlaridagi ko‘chalarda daraxtlarni sug‘orish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida eng kreativ foto muallifi jamoatchilik tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi va aktsiya tashkilotchilarining qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlanadi.

Ushbu #parvarish2020, #poliv2020 xeshteglardan foydalanib, daraxtlarni to‘g‘ri sug‘orishning tartib qoidalari va boshqa ishtirokchilarning foto ma’lumotlari bilan ham tanishish mumkin bo‘ladi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources