Navoiy viloyati: Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi!
21.
05. 2020
14:12
5536
Econadzor

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirida Navbahor tuman «Metan» massivi hududida joylashgan davlat zahira yerlaridan Karmana tumani «Allon» MFYda yashovchi fuqaro Sh.A. tomonidan noqonuniy ravishda noruda qazilma boyliklar qazib olinayotgan vaqtida to‘xtatildi va noqonuniy harakatning oldi olindi.

Ushbu fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1- qismi bilan 2 mln 230 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources