Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi
19.
05. 2020
16:55
6505
News

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov va Osiyo taraqqiyot banki missiyasi rahbari Rouyu Hu o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Loyiha doirasida chiqindi tashish maxsus texnikasi, ekskavator, mobil xizmat ko‘rsatuvchi avtotransport vositalari, mobil laboratoriya, chiqindi konteynerlarini xarid qilish va servis markazlarini qurish belgilangan. Loyihaning umumiy qiymati 112,0 mln AQSh dollari.

Uchrashuvda loyihani amalga oshirishda vujudga kelayotgan muammoli masalalarni tezlikda xal etish hamda kelgusida atrof-muhit muhofazasi sohasida qo‘shimcha yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

Useful resources