Farg‘ona viloyati: Bostonbuva qum barxani bag‘ridagi – Saksovul!
13.
05. 2020
11:57
6468
News

Mazkur nafis gullagan daraxt – Saksovul! U Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida joylashgan Bostonbuva qum barxani hududida sur’atga olindi. Saksovul 50—60 yil yashaydi. Asosan, urug‘idan ko‘payadi va 5–7 yili normal urug‘lay boshlaydi.

Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda Saksovul o‘rmonlari 22 mln ga atrofida. Osiyo (O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Xitoy, Mongoliya)da 10 turi uchraydi.

O‘zbekistonning Qizilqum cho‘llarida o‘rmonlarni hosil qiluvchi asosiy turlar – oq va qora Saksovuldir. Asosan, Osiyoning cho‘l va chala cho‘llarida, sho‘rxok yerlarda, sho‘rlangan qumlarda, taqirlarda ko‘p tarqalgan. Urug‘idan ko‘payadi. Yo‘llarda ixotazorlar barpo etishda foydalaniladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources