«Krantas» – atrof-muhit muhofazasi yo‘lida ko‘makdosh
25.
03. 2020
17:42
5014
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkatjon Abdurazzoqov maxsus texnikalar ishlab chiqaruvchi «KRANTAS» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurib uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu korxona 2018 yilda barcha «Toza hudud» DUKlariga multiliftli chiqindi tashish texnikasini yetkazib bergan.

«KRANTAS» – O‘zbekistonda sanoat va qurilish sektorining turli sohalari uchun maxsus texnikalarni ishlab chiqaruvchi, shuningdek, o‘z mahsulotlari va boshqa ta’minotchilarning mahsulotlariga ham yordam ko‘rsatuvchi xususiy servis xizmatlariga ega yirik korxona sanaladi.

Mana, 16 yildirki, korxona sanoat va qurilish sektorining turli sohalari uchun maxsus texnikalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bugungi kunda kompaniya MAN, ISUZU, KAMAZ, MAZ, Hyundai, IVECO, HOWO kabi bazaviy shassi asosida turli-tuman maxsus texnikalarni ishlab chiqarmoqda.

Mahalliy zavod o‘z brendi ostida 50 dan ortiq turdagi maxsus texnikalarni ishlab chiqaradi.

Yuqoridagi maxsus va qurilish texnikasini ishlab chiqarishda Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiyadan keltirilgan yuqori sifatli komponentlar va maxsus qismlar qo‘llaniladi.

Korxona boshqa ta’minotchilarga ham servis xizmatini ko‘rsatadi.

Uchrashuv asnosida korxona rahbariyati bu yil yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan barcha sanitar tozalash korxonalariga zamonaviy rusumdagi chiqindi tashish texnikalarini yetkazib berish taklifini bildirdi.

 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources