Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va poligonlarni qurish loyihasi amalga oshiriladi
17.
03. 2020
15:39
695
News

2020 yil 17 mart kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov Evropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va poligonlarni qurish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatidagi mavjud 41 ta poligonlardan 33 tasi rekultivatsiya qilinishi va zamonaviy talablar asosida 8 tasini rekonstruktsiya qilish, shu bilan birga chekka hududlarda 23 ta yangi mini poligonlar, 13 ta chiqindilarni qayta yuklash stantsiyalari, 8 ta chiqindilarni kompost qilish joylari, 8 ta chiqindilarni saralash uskunalarini o‘rnatish uchun 180 mln. AQSh dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratish ko‘zda tutilgan.

Loyihani ekologik va ijtimoiy tomondan dastlabki baholash ishlarini tashkil etish maqsadida Evropa taraqqiyot va tiklanish banki buyurtmasi asosida qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlarining ekologik va ijtimoiy muhitga ta’sir darajasini baholash uchun Bolgariyaning «Ecoline International Ltd.» kompaniyasi tanlab olindi.

Bolgariyaning «Ecoline International Ltd.» Mazkur kompaniyasining mustaqil ekspertlari ishtrokida joriy yilning 11-18 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati hududida joylashgan maishiy chiqindi poligonlarini texnik, ekologik va ijtimoiy jihatdan baholash bo‘yicha ishlar olib borildi.

Loyihani ekologik va ijtimoiy tomondan dastlabki baholash ishlarini tashkil etish maqsadida Evropa taraqqiyot va tiklanish banki buyurtmasi asosida qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlarining ekologik va ijtimoiy muhitga tas’ir darajasini baholash uchun Bolgariyaning «Ecoline International Ltd.» kompaniyasi tanlab olindi.

Uchrashuv davomida bu kabi loyihalarni respublikamizning boshqa hududlarida ham amalga oshirishga kelishib olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources