Toshkent: Daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxslar javobgarlikka tortiladi
20.
02. 2020
14:48
6572
News

Joriy yilning 20 fevral kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy ko‘chasi 72, 66/4, 66/2, 66/1 ko‘p qavatli uylari  yonida qator daraxtlarining kesilayotganligi yuzasidan  murojaat kelib tushdi.

Murojaatga muvofiq Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i  hamda murojaat muallifi - O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati  bayon etilgan manzilga chiqib, holatni bevosita joyida o‘rganmoqdalar.

Ayni vaqtda holatning qonuniyligi yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi. Yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumot qo‘shimcha tarzda taqdim etiladi.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources