O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti talabalari bilan uchrashuv
17.
02. 2020
18:36
5318
News

2020 yil 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B. Qo‘chqorov O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti rahbariyati hamda talabalari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv mobaynida fakultet kafedralari, laboratoriyalar hamda fakultet negizidagi muzeylar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Fakultet rahbariyati hamda talabalar bilan bo‘lib o‘tgan muloqat davomida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida Biologiya fakulteti negizida Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini aks ettiruvchi muzey tashkil etish; o‘quv- amaliyot mashg‘ulotlarini xaftada bir kun Qo‘mitaning Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy markazda olib borish; yozgi o‘quv amaliyotlarni tashkil etish; hamkorlikda o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqish; 2020 yil mart oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumaniga ekspeditsiya tashkil etish vazifalari belgilandi.



 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources