Ekologik reyd tafsiloti: noqonuniy daraxt kesuvchilar ushlandi
14.
02. 2020
11:06
5168
News

2020 yil 11 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlari ishonchli ma’lumotlarga asosan reyd tadbiri o‘tkazilganida Quyichirchiq tumani, «Vatan» MFY, Chingiz mahallasi, Shirinbuloq ko‘chasi asosiy yo‘l atrofida davlat zaxira yerlarida chinor daraxtlarining qonunga zid ravishda ruxsatsiz kesilganligi aniqlandi.

Mazkur huquqbuzarlik Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, «Eski qovunchi» MFY istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, mazkur fuqarolar 11 fevral kuni yuqorida ko‘rsatilgan manzilda daraxtlarini kesib, yuk mashinasiga yuklash vaqtida ushlangan.

Mazkur holatga aloqador bo‘lgan barcha vositalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ushbu holat bilan O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-son qarorining talablari buzilgan. Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources