«Hashar week 2020 - Z Avlod»: Sirdaryo viloyati umumta’lim maktablarida mashg‘ulotlar boshlandi
11.
02. 2020
18:30
5346
News

Avval xabar berganimizdek, 7 fevral kuni OAVlar uchun tashkil etilgan brifingda «Hashar week 2020 – Z Avlod» loyihasiga start berilgan edi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasida ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod, ya’ni umumta’lim maktab o‘quvchilarining ekologik savodxonligi madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan (batafsil ma’lumot: http://eco.gov.uz/yz/site/news?id=437).

Shu munosabat bilan 2020 yil 10 fevral kuni loyiha tashabbuskorlari, tashkilotchilari hamda volontyorlar guruhi Guliston shahridagi 2, 15, 16, 17-son umumta’lim maktablarida chiqindilar mavzusida maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida mashg‘ulotlarni o‘tkazib, boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilari qamrab olindi. Qiziqarli va ma’lumotlarga boy seminar treninglar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar natijasida bolalar «Hashar week» loyihasi tomonidan maxsus dizayn asosida ishlab chiqilgan urnalarga chiqindilarning qog‘oz va plastik turlariga saralash ko‘nikmasiga ega bo‘ldilar.


 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



 

Useful resources