Toshkent shahrida avtomashinadan chiqindi uloqtirgan shaxslar jarimaga tortildi
04.
02. 2020
19:11
5463
News

2020 yil 31 yanvar kuni Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektsiyasi tomonidan Toshkent shahar YXXB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor reydlar o‘tkazildi. 

Unda shaharning A.Navoiy ko‘chasida davlat raqami 11 1111 (o‘zgartilgan) «Neksiya» avtotransporti yo‘lovchisi X.G. tomonidan tamaki qoldig‘ini tashqariga uloqtirgan holati qayd etildi.

Shuningdek, Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan «Lasetti» rusumli avtotransport haydovchisi B.M. bo‘sh baklajka idishini yo‘l chetiga uloqtirganida to‘xtatib qolindi. 

Yuqoridagi holat yuzasidan  ikki huquqbuzarga nisbatan  YXXB davlat inspektori tomonidan MJtKning 123-moddasi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda jarima qo‘llanildi.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati


 


 

Useful resources