Aholi salomatligini ta’minlash — ustuvor vazifa
03.
02. 2020
17:38
5497
News

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat murakkablashishi sababli, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida» 2020 yil 29 yanvardagi PF-5537-son farmoyishi bilan belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda koronavirus tarqalishining oldini olish, aholi salomatligini saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2020 yil 29 yanvardan boshlab:

– yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish hamda chetga olib chiqishga;

– yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagiyovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) alohida ko‘rsatma berilguniga qadar to‘xtatib turilishini ma’lum qiladi.


 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati


 


 

Useful resources