Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Ekologik reyd tafsiloti: brakonerlar jarimaga tortildi
23.
01. 2020
19:47
1344
News

2020 yil yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi inspektorlari tomonidan qator ekologik reydlar tashkil etilib, uning davomida o‘simlik dunyosiga zarar keltirayotgan brakonerlar aniqlanib jarima tortildilar.

Xususan: 
Beruniy tumani inspektorlari  tomonidan o‘tkazilgan tungi ekologik reyd tadbiri natijasida Beruniy tumani «Qizqal’a» OFYda yashovchi fuqaro M.Eraliev tomonidan noqonuniy ravishda Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi «Ayozkala» bo‘limidan 1 m3 bo‘lgan saksovul  o‘simligini kesib olib ketayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan qonunbuzar fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan 1 115 000 so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararni qoplash uchun 312 200 so‘m  da’vo hisoblandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ko‘mitasi inspektorlari  tomonidan ekologik reyd tabdiri natijasida Kegeyli tumanida yashovchi fuqaro S. Begdullaev tomonidan Bo‘zatov davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan noqonuniy ravishda 8 m3 bo‘lgan yulg‘un o‘simligini chopib o‘ziga tegishli bo‘lgan GAZ-53 avtomashinasiga yuklab olib ketayotganligi aniqlanib, holat yuzasidan qonunbuzar fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan 1 115 000 so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararni  qoplash uchun  535 200 so‘m  da’vo hisoblandi.



Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



 

Useful resources