Qashqadaryo viloyati: Daraxtlar kesilganligi aniqlandi
22.
01. 2020
19:25
6080
News

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan navbatdagi ekologik reyd o‘tkazildi. Insonlar xayotiga xam tabiatga xam koni foyda bo‘lgan 14 dona jiyda va 1 dona yasin (shumtol) ixota daraxtlari Koson tumani «Saraton nur» fermer xo‘jaligi xududida kesilganligi aniqlandi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, jiyda qurg‘oqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuza va sho‘r tuproqlarda ham o‘saveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan ko‘payadi. Jiyda 60-80 yil yashaydi. Ko‘proq yo‘l yoqalari, kanal bo‘ylari, dala-ihota o‘rmon mintaqalari, tashlandiq yerlarga ekiladi chunki jiyda daraxti tuproqni azot bilan boyitadi. Jiyda tarkibida juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Masalan, uning mevasida kaliy mavjud, bu inson organizmida yurak-qon tomirlari tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘z navbatida insult, infarkt va boshqa muammoli xastaliklari kelib chiqishining oldini oladi. Jiyda mevasi insonni tinchlantiruvchi ta’sirga ega va uyqu dorilar bilan qo‘shib iste’mol qilinsa, ularning faolligini oshiradi. Bundan tashqari asab tizimi faoliyatini me’yorga keltiradi, va g‘azablanish, asabiylashuvning oldini oladi. Jiyda tinchlantirish faolligi bilan birgalikda salomatlikni mustahkamlaydi.

 Reyd davomida hamda Koson tumani «Umar Sulton» fermer xo‘jaligi xududida 7 dona qayrog‘och va 2 dona yonshox ixota daraxtlari kesilganligi aniqlandi. Xozirda aniqlangan xolatlar yuzasidan qonuniy tartibda to‘xtamga kelish va tegishli chora ko‘rish uchun barcha xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.


 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati


 


 

Useful resources