Qoraqalpog‘iston yoshlari bilan uchrashuv
14.
01. 2020
16:10
137
News

Davlatimiz rahbarining 2019 yil dekabr oyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi, deb ta’kidlagan, yoshlar bilan ishlash borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish borasida taklif va vazifalar belgilab bergan edi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi taklif va fikrlarini o‘rganish, tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish, qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida joriy yil 10-11 yanvar kunlari Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘taev Qoraqalpog‘iston yoshlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda, xususan Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash, inson hayotiga halokatli ta’sirlarni yumshatish bo‘yicha davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etilgani hamda uning asosiy maqsad va vazifalari haqida ma’ruza qildi.

O‘z navbatida, yoshlar bugun atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi o‘zlarining kichik tashabbuslari, loyihalari hamda kelgusidagi takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.



 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources