Ekologik reyd tafsiloti: bitum eritayotgan shaxslar ushlandi
12.
01. 2020
15:18
5316
News

2020 yil 10 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ko‘mitasi Qonliko‘l tuman inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan ekologik reyd tabdiri davomida Qonliko‘l tumani «Bo‘ston» OFY hududidan o‘tuvchi Qo‘ng‘irot-Nukus magistral yo‘l bo‘yida tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi xodimlari tomonidan maxsus uskunasiz bitum eritayotganligi aniqlanib, joyida dalolatnoma tuzildi.

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning   88-moddasi 1-qismiga muvofiq har biri 223 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.



Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources