Saksovul o‘g‘rilari ushlandi
10.
01. 2020
16:08
5498
News

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Navoiy viloyati Zarafshon shahar inspektorlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida Zarafshon shahar hududida o‘simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha  ekologik reyd tadbiri davomida huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, Zarafshon shahar Muruntau qo‘rg‘oni Tomdi tumani o‘rmon xo‘jaligining muhofaza qilinadigan tabiiy hududidan mazkur manzilda istiqomat qiluvchi fuqaro Q.Raxmetov tomonidan noqonuniy ravishda 5 kub xo‘l saksovullarni o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikast yetkazib,  yuk mashinasida olib chiqib ketayotgan vaqtda ushlandi.

Ushbu holat bilan O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni (yangi tahriri), Vazirlar Mahkamasining «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida» qarori talablari buzilib, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79 - modda 1-qismi bilan 1 mln 115 ming so‘m jarimaga tortildi. O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 7 mln 805 ming so‘mni tashkil etdi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources