Elion Group kompaniyasi bilan hamkorlik 
08.
01. 2020
11:57
5369
News

Davlat ekologiya qo‘mitasida rais o‘rinbosari O‘ktam Utaevning Markaziy Osiyo bo‘yicha Elion Group kompaniyasi direktori Vu Yufe bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Elion Group o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish hamda mustahkamlash, Orolbo‘yi mintaqasida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, Toshkent shahrida kompaniya filialini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.  

Xususan, Orolbo‘yi mintaqasida cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha laboratoriya hamda demonstratsiya bog‘ini tashkil etish, aholiga ijtimoiy ko‘mak va ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha hamkorlikdagi loyiha takliflari bayon etildi.

Uchrashuv davomida Elion Group  kompaniyasi boshqa yo‘nalishlarda ham tabiatni muhofaza qilish loyihalarini, xususan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish, flora va faunani muhofaza qilishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun: Elion Group kompaniyasi 1988 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish va cho‘llarni o‘zlashtirish sohasida ilg‘or kompaniyalardan biri hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida Xitoydagi 600 000 gektardan ortiq cho‘l hududlarini o‘zlashtirishga erishgan bo‘lib, kompaniya mablag‘lar aylanmasi 63 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources