«Sarmishsoy» davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘g‘risidagi xabar yuzasidan
07.
01. 2020
17:58
5100
News

Muzey-qo‘riqxonasi aholi punktidan taxminan 30 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, muzey-qo‘riqxonasi tashkil etilgunga qadar ushbu hududda bahor-kuz fasllarida chorva mollari boqilishi, fuqarolar tomonidan hududdagi arxeologik yodgorliklarni talon-taroj qilinishi, qoyalarga bo‘yoqlar bilan xar xil yozuvlar yozilishi holatlari kuzatilgan. (  http://uza.uz/oz/society/tayyer-boylikni-asrab-undan-foydalana-olmasak-avlodlar-bizni-04-10-2019 )

Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, ularning atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asrash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sarmishsoy»,  «Shahrisabz», «Termiz» va «Qo‘qon» davlat muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2019 yil 30 maydagi 443-son qaroriga muvofiq «Sarmishsoy» davlat muzey-qo‘riqxonasi tashkil etildi, o‘z navbatida aholi o‘rtasida doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borish orqali bu kabi holatlarning oldi olinmoqda.



Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources