Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasi o‘z ishini boshladi
24.
10. 2019
15:14
413
News

2019 yil 24 oktyabr kuni Nukus shahrida yuksak darajadagi «Orolbo‘yi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi» xalqaro konferentsiyasi doirasida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasining (DBRK) yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Eslatib o‘tamiz mazkur Komissiya Orol dengizi xavzasi  masalalari bo‘yicha Davlatlararo kengashning qarori (1994 yil 19 iyul, Ashxobod) bilan tashkil etilgan.  

Komissiyaga Markaziy Osiyo davlatlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida muvofiqlashtirish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yuklatilgan. 

Bugungi yig‘ilish davomida Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasiga Turkmaniston raislik qilgan davridagi (2015-2019 y.) faoliyati;  
Barqaror rivojlanish uchun atrof-muhit bo‘yicha Mintaqaviy dasturi loyihasi;

Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasining Maslahat kengashini tashkil etish va boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.



Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



 

Useful resources