Ikki tomonlama manfaatli aloqalar mustahkamlanmoqda
24.
09. 2019
11:02
5505
News

2019 yilning 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov bilan Evropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vazil Xudak boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yevropalik mehmonlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida EIB tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar haqida atroflicha ma’mulot berdilar.

V.Xudakning aytishicha, bank umumiy byudjetining 10 foizi ekologik muammolar yechimiga yo‘naltiriladi. 2020–2025 yillarda esa, ekologik masalalarga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish hajmi 20 foizga yetadi. Bu qariyb 40 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.

Shuningdek, uchrashuvda davomida Evropa investitsiya banki tomonidan respublikada qattiq maishiy chiqindilar sohasidagi investitsiya loyihasini moliyalashtirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Shuni ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Evropa investitsiya banki 1958 yilda tashkil etilgan. Uning ustav kapitali ishtirokchi mamlakatlarning badallari hisobiga shakllantiriladi va 232 mlrd. yevroni tashkil etadi. O‘zbekiston – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan bir qatorda EIB bilan hamkorlik qiluvchi to‘rtinchi davlat hisoblanadi.


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 





 

Useful resources