Jizzax viloyat: Ko‘za kunida sinadi
11.
09. 2019
18:36
5634
News

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhoaza qilish boshqarmasining hududiy bo‘linmalari inspektorlari tomonidan joylarda, ayniqsa, mahallalarda  amalga oshirilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlariga qaramasdan, hanuzgacha  fuqarolar tomonidan atrof-muhitga chiqindilarni tashlash, ariqlar va yo‘l chetlarida noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelish holatlari uchrab turibdi.

Joriy yilning 12 avgust kuni Jizzax shahridagi «Qassoblik» mahallasida yashovchi Ikrom U. o‘zi yashab turgan uyini ta’mirlashdan chiqqan qurilish chiqindisini ushbu mahalladagi I.Karimov ko‘chasining yo‘l yoqasiga belgilanmagan joyga tashlab ketib, xuquqbuzarlik holatini sodir etgan.

Huddi shunday holat 22 avgust kuni Sh.Rashidov tumanidagi «Ziyokor» MFYning Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi Kamol K. tomonidan ham sodir etilgan. Fuqaro Kamol K. o‘zi yashayotgan uyni ta’mirlash jarayonida hosil bo‘lgan qurilish chiqindisini «Jizzaxlik» MFY hududida joylashgan maktabni kesib o‘tuvchi yo‘l chetiga olib chiqib joylashtirgan.

Sodir etilgan har ikkala huquqbuzarlik holati yuzasidan fuqarolar Kamol K. va Ikrom U.larga MJtKning 91 prem - moddasining birinchi qismi bilan 111 500 so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.
 


Useful resources